Aeroportda yo'lovchilar unutib qoldirgan yuklar sotilishi rostmi?

    Yo'qolgan yuklar aeroport omborlarida 3 oy mobaynida saqlanadi, so'ngra....

    2023 yilning 16 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Toshkent" xalqaro aeroportida yo'lovchilar unutib qoldirgan yuklar sotilishi bilan bog'liq xayriya aktsiyasi o'tkazilayotgani haqida ma'lumot tarqaldi.

    “Uzbekistan Airports” boshqaruv kompaniyasining xabar berishicha, O'zbekistonning 11 ta xalqaro aeroportlaridan birortasi tomonidan yo'lovchilarning unutilgan yuklari sotilmaydi va uchinchi shaxslarga topshirilmaydi. Barcha yo'qolgan yuklar aeroport omborlarida 3 oy mobaynida saqlanadi va saqlash muddati tugashi bilan utilizatsiya qilinadi.

    “Uzbekistan Airports” yolg'on ma'lumotlarga ishonmaslikka va firibgarlarga pul o'tkazmaslikka chaqiradi.