Qayd etilishicha, yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) talablari Yer kodeksi ) bilan belgilangan hamda uning 17-moddasiga muvofiq chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega boʻlishi mumkin.
24-moddasiga muvofiq chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet el jismoniy va yuridik shaxslariga yer uchastkalari ijaraga beriladi.
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, chet el yuridik shaxslari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar, shuningdek davlat organlari, muassasalari, korxonalari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xususiylashtirish subyektlari boʻlmaydi, yaʼni chet elliklarga yer xususiylashtirib berilmaydi.
Kadastr agentligining qoʻshimcha qilishicha, qishloq xoʻjaligi yerlarini hatto Oʻzbekiston fuqarolari ham xususiylashtirib ololmaydi.
“Shunday ekan, yerlarimiz chet el fuqarolariga berib yuborilyapti mazmunidagi xabarlar asossiz va oxirigacha oʻrganilmasdan chiqarilgan xabarlar”, — deyiladi xabarda.