Filmni ssenariy muallifi va rejissyor Gulnora Ivanova, operator Abdulaziz Asatullayev, postanovkachi rassom Behzod Alimardonov, bastakor Marat Shunkar, grimer Mavjuda Yoqubova, kartina direktori Sharif Qosimboyevlardan iborat ijodiy guruh suratga olgan.
“Bahs” ahmoqona tortishuv haqida hikoya qiladi. Baʼzida insonlar haqligini isbotlashga urinib, oʻz yaqinlarini qanday xafa qilib qoʻyganliklarini bilmay qoladilar. Erishilgan bugungi gʻalaba hayot sarhisob qilinganidan keyin oʻz qiymatini yoʻqotadi. Filmning asosiy gʻoyasi shundaki, yaqin insonlar shubhali gʻalabalardan koʻra muhimroqdir.
Mazkur dramada bosh rollarni Oʻlmasjon Soriyev, Madina Odilova, Mahmud Ismoilov, Malika Ibragimova, Azamat Xasanboyev, Shuhrat Xoʻjayev kabi aktyorlar ijro etishgan.









