Madaniyat va turizm vazirligi, Qashqadaryo viloyati hokimligi va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan joriy yilning 11-13-may kunlari Qashqadaryo viloyati boʻylab “Ethno and modern fashion week” xalqaro festivali hamda etnosport oʻyinlari, gastronomik festival, milliy hunarmandlik va zargarlik yarmarkasi tashkil etiladi.
Ayni damda Shahrisabz shahrida tashkilotchilar, xorijlik va mahalliy dizaynerlar ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillari hamda keng jamoatchilik uchun matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.