“Google” kompaniyasining “Threat Analysis Group” mutaxassislari “Dragonbridge” xakerlar guruhiga tegishli boʻlgan 100.960 ta akkauntlarni yopganliklari haqida maʼlumot berishgan. Koʻp muxlislariga ega boʻlmagan boʻlsa ham guruhning “YouTube”, “Blogger” va “AdSense” havolalaridagi akkauntlari ham oʻchirib tashlangan.
Oʻzlarini “Dragonbridge” yoki “Spamouflage Dragon” deb atovchi xakerlar guruhi ushbu “Google” akkauntlarni 2019-yilda qoʻlga kiritgan.