Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Respublika boʻylab eʼlon qilingan Xavfsiz kibermakon tezkor profilaktik tadbirlari doirasida olib borilgan oʻrganishlarda aniqlanishicha, jinoiy guruhning 11 nafar aʼzosi turli davlat fuqarosi ekan.
Olib borilgan tezkor-texnik tadbirlar natijasida ushbu guruhning 5 nafar aʼzosi qoʻlga olindi.
Ularning telefon qurilmalari tekshirilganda 133 nafar shaxsning bank kartalaridan 2 milliard 838 million 278 ming soʻmdan ortiq pul mablagʻi oʻgʻirlangani hamda jinoiy guruhning har biri ushbu mablagʻdan ulush olib kelgani aniqlandi.
Holat yuzasidan JK.ning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilar protsessual tartibda ushlandi.
Hozirda mazkur jinoiy guruhning respublika hududidagi boshqa sheriklari va jabrlanuvchilar doirasini aniqlash boʻyicha tezkor tadbirlar davom ettirilmoqda.








