Ekvador OAV huquqlarini himoya qiluvchi "Fundamedios" tashkiloti 5 nafar jurnalistga pochta orqali portlovchi modda joylashtirilgan "USB fleshka"lar yuborilganligini ma'lum qilgan.
"Ecuavisa" telekanali jurnalisti ham ushbu "USB" qurilmalardan birini pochta orqali qabul qilib olgan va qurilmani o'z komp`yuteriga ulashi zahoti portlash vujudga kelgan.
Jurnalist "USB" qurilmasi ishga tushirganida portlovchi moddaning 50 foizi faollashgani sababli, u jurnalistga engil yuz va qo'l jarohatlarini etkazish bilan cheklangan. Yana biri portlovchi "fleshka" "Teleamazonas" telekanali muxbiriga kelib tushgan, u qurilmani qo'shimcha "USB" adapter orqali ulaganligi uchun portlovchi vosita ishga tushmagan.
"USB" qurilmalar ichida 1 sm. hajmdagi 2 ta portlovchi moddlar joylashtirilgan bo'lib ular 5 vol`t kuchlanishda portlashi rejalashtirilgan.
Ekvador Ichki ishlar vaziri Xuana Sapata barcha "USB" qurilmalar bir xil ko'rinishda ekanligi va tahdidli xatlar orqali jurnalistlarga bosim o'tkazish maqsadida yuborilganligini ma'lum qilgan.