Bugun, Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida Qorakoʻl tumanida boʻldi. Dastlab Senat raisining Xalq deputatlari Qorakoʻl tuman kengashi deputatlari va siyosiy partiyalarning mahalliy tashkilotlari yetakchilari, soʻngra, “Eskiqalʼa” mahalla ahli bilan uchrashdi.
Tadbir davomida bu yerda yashovchi 10 nafardan ortiq bolajonlar uchun sunnat toʻylari boʻlib oʻtdi. Yangi oʻquv yiliga tayyor boʻlgan maktabgacha taʼlim va maktab yoshidagi bolajonlar uchun ham bugungi tadbir alohida ahamiyatga ega boʻldi.
Hududda joylashgan -3 ijtimoiy uy yertoʻlasi toʻliq qayta taʼmirlanib, “Merganteks” MCHJ tashabbusi bilan 20 nafar ayollarni ish bilan taʼminlashga moʻljallangan tikuv sexiga moslashtirilgan. U yerda faoliyat boshlaydigan xotin-qizlarga zamonaviy tikuv mashinkalar tarqatildi. Muloqot davomida T.Norboyeva, Prezidentimiz tomonidan Buxoro viloyati boʻyicha katta rejalar belgilanganligini, hammasining tagida bitta narsa — inson manfaati bor ekanligini taʼkidladi.
Haqiqiy kechaga aylangan bayram tadbirida yigʻilganlarni Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva va Qorakoʻl tumani hokimi Sherali Salomovlar mustaqilligimizning 30 yilligi bilan samimiy qutladi.
Oʻzining uyida hayot boshlagan yangi eskiqalʼaliklarga tinchlik va farovonlik tilandi. Sanʼatkorlar tomonidan yangragan shoʻx kuy va taronalar barcha yigʻilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi.