Yurtimizdagi har bir bayram mehr-muruvvat, g'amxo'rlik va saxovatdan boshlanadi. Shu kunlari ayniqsa, bolajonlarimiz mehr va e'tibor og'ushida bo'ladilar. Har yili an'anaviy tarzda yangi yil arafasida davlatimiz g'amxo'rligining ifodasi sifatida minglab bolajonlarga “Prezident sovg'asi”  tortiq qilinadi.

Bugun, 29-dekabr kuni Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, boquvchisini yo'qotgan oilalar, Vatan sarhadlarini himoya qilishda jonini fido qilgan yurtdoshlarimiz hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan farzandlariga atalgan  “Prezident sovg'asi” Buxoro viloyatiga ham yetib bordi.

Tarkibiga 20 turdagi shirinlik, 3 turdagi o'quv qurollari va 2 turdagi jihozlar jamlangan “Prezident sovg'asi” viloyat hokimligi, tuman va shahar hokimliklari, xalq ta'limi boshqarmasi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida  543  nafar buxorolik  bolajonlarga topshirildi