Yangi ish boshlagan majmuada homilador ayollar uchun barcha sharoit yaratilgan. Shuningdek, bu erda ayollarni tug'ruqqa tayyorlash, kutilmagan homiladorlikning oldini olish borasida malakali shifokorlar maslahatxonalari ham joy olgan. eng asosiysi, dunyoga yangi kelgan chaqaloqlarni parvarishlash, sog'lig'ini qat'iy nazorat ostiga olish, zarur hollarda kerakli muolajalarni o'tkazish imkoniyati ham mavjud.

Yurtimizning kelajagi  bo'lmish yangi avlod dunyoga kelishi, sog'lom o'sishi uchun barcha sharoit yaratilgan majmua bayramlar arafasida viloyatning en chekka tumani ahliga munosib sovg'a bo'ldi.

— Prezidentimizning sog'liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, shifo maskanlarini  eng so'nggi tibbiy uskunalar bilan ta'minlash, ayni paytda, tibbiy xodimlar malakasini oshirish borasidagi ko'rsatmalari ijrosini ta'minlash maqsadida viloyatda ushbu yilning o'zida bir qator yangi loyihalar ishga tushirildi, — deydi viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi boshlig'i Ko'palboy Tangrberganov. — Pandemiya sharoitida yangidan- yangi shifo maskanlari qad rostlatgani quvonarli hol. Yilning so'nggi uch oyi davomida chekka tumanlarda yangidan uchta yirik shifoxona va klinikalar ish boshlagani buning isboti. Bu yurtimizda aholi sog'ligi uchun olib borilayotgan tizimli islohotlar natijasidir”.

Ro'zimboy Hasan,

"Yangi O'zbekiston" muxbiri