Rossiyaning turli viloyatlarida yashab mehnat qilayotgan fargʻonaliklar bilan Mustaqillikning oʻttiz yillik bayramini birgalikda qutlash uchun borgan Fargʻona viloyati delegatsiyasining soʻnggi tashrif manzili Perm oʻlkasidagi Berezniki shahri boʻldi.

Shahardagi “Metallurg” madaniyat saroyida Oʻzbekiston Respublikasining Rossiyadagi bosh konsuli Abdusalom Xatamov, Fargʻona viloyati hokimligi vakillari va fargʻonalik sanʼatkorlar, mahalliy oʻzbek milliy madaniy markazi rahbarlari ishtirokida Permda yashab, mehnat qilayotgan vatandoshlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.