Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Fargʻona tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Fargʻona tumani elektr taʼminoti korxonasi masʼul shaxslari fuqaro O.J.ga ajratilgan yer maydonlarini sugʻorish uchun quvvati 11 kVt boʻlgan suv nasosini elektr tarmogʻiga shartnomasiz ulab berganliklari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 123,4 mln soʻm zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 28, 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.