Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi turizm mahsulotlarini targʻib qilish, ishbilarmonlik aloqalari va hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga yordam beruvchi axborot maydonchasidir. TXTY 1995-yildan buyon BMTning Butunjahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) koʻmagida oʻtkazib kelinmoqda.
Yarmarka doirasida Fransiya, Chexiya, Yaponiya, Malayziya, Tayland, Singapur, Hindiston, Janubiy Koreya, Rossiya, Qozogʻiston, Belarus, Ozarbayjon, Xitoy singari 20 ta davlatning milliy stendlari xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Joriy yilda koʻrgazmalarda 15 ming nafargacha tashrif buyuruvchi ishtirok etishi kutilmoqda. Yarmarkaga tashrif buyuruvchilar va ishtirokchilar yangi sayyohlik yoʻnalishlari hamda xorijiy mamlakatlarning rang-barang muhiti, madaniyati va anʼanalari bilan tanishishlari mumkin.
Shuningdek, Oʻzbekistonning barcha hududlari yangi sayyohlik manzillarining turizm salohiyatini baholash mumkin boʻladi.
www.titf.uz veb-saytida onlayn roʻyxatdan oʻtish orqali har kim TXTY – 2023 mehmoni boʻlishi va tadbirga tashrif buyurish qoidalari bilan tanishishi mumkin.