Qaysi bir mamlakat bo'lmasin, agar unda bolalarning shodon kulgulari yangrab tursa, bu yurtning buguni ham, ertasi ham, albatta, porloq bo'ladi. Axir, bola beg'ubor va samimiy bo'ladi. Bunday beg'ubor bolalik uchun bolaga mehr va e'tibor kerak. Zero, bugun dunyoning deyarli barcha hududlarida siyosiy tanglik, ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik hamda pandemiyaga qarshi kurash ketayotgan karantin davom etayotgan bir vaziyatda u erdagi bolalarning taqdiri, huquq va erkinliklari haqida chuqurroq o'ylasak, bugungi kunda bola huquqlari himoyasi masalasining dolzarbligini va ahamiyatini his etish mumkin bo'ladi.
Bola huquqlarini himoya qilish haqida gap ketganda eng avvalo mazkur bayram tarixi hammani qiziqtirishini bilamiz. Bu bayram 1949 yilda Parijda ayollarning Xalqaro demokratik federatsiyasi kongressida bolalarning bardamligi va baxt-saodatining kafolati bo'lgan mustahkam tinchlikni ta'minlash uchun doimiy kurashishi hamda bola huquqlarini himoya qilish masalasi talab etilgan. CHunki 2-jahon urushidan keyingi davrda barcha e'tibor urushda etim qolgan bolalarning taqdiri hamda barcha uchun bolajonlarning sog'liq va xotirjamligini saqlash dolzarb muammoga aylangan muhim masala edi.
Kongress harakati va talabi oqibatida 1950 yildan e'tiboran 1 iyun` Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni sifatida nishonlana boshlangan. N`yu-York shahrida BMT Bosh Assambleyasining 1989 yil 20 noyabrdagi qarori bilan bolalar huquqlari to'g'risida Konventsiya qabul qilingani esa, bola huquqlarining qonuniy kafolati bo'lib, unda butun dunyo mamlakatlari uchun bolalar huquqlarini himoya qilishni ta'minlashni joriy qilish to'g'risida yozilgan. Mazkur xalqaro hujjat 54 moddani o'z ichiga olgan. Bola huquqlari to'g'risidagi Konventsiyani ratifikatsiya qilgan yoki unga qo'shilgan har bir mamlakat o'z milliy qonunchiligini uning qoidalariga muvofiq qayta ko'rib chiqishi lozimligi qat'iy belgilangan. Jumladan, Konventsiyada ilk bor bola tushunchasi ochib berilgan bo'lib, bolaning huquq va erkinliklar doirasi kengaytirilgan. Hujjatda shafqatsiz qiynoq va qurolli to'qnashuvlar qurboni bo'lgan, shuningdek, qonunni buzgan va muomalaga layoqatsiz bolalarning yuridik himoyasi ham nazarda tutilgan. Demak, Konventsiya qabul qilinishi bola huquqlarini himoya qilishning mutlaqo yangi kontseptsiyasini belgilagan, desak to'g'ri bo'ladi. CHunki Konventsiyaning 20-moddasida ta'kidlanganidek: “O'zining oila g'amxo'rligidan vaqtincha yoki doimiy mahrum bo'lgan yoki o'zining eng yaxshi manfaatlari yo'lida bunday g'amxo'rlikda qola olmaydigan bola davlat tomonidan ko'rsatiladigan alohida himoya va yordamni olish huquqiga egadir.Ishtirokchi-davlatlar o'z milliy qonunlariga muvofiq ravishda bolani parvarish qilishning almashtirilishini ta'minlaydilar. Bolani bunday parvarishlash, jumladan, islom shariati bo'yicha «kafola»ga tarbiyaga berishni, asrab olishni yoki zarurat tug'ilgan taqdirda, bolalar boqiladigan tegishli muassasalarga joylashtirishni o'z ichiga oladi. Parvarishni almashtirish turlari qarab chiqilayotganda bola tarbiyasidagi vorislikning maqsadga muvofiqligi hamda uning etnik kelib chiqishi, diniy va madaniy mansubligi, ona tili etarli darajada hisobga olinishi lozim”-deyiladi. Qarangki, bola huquqini himoya qilishning tarixiy-huquqiy-ma'naviy asosi o'z ifodasini topgan. SHu bois ham, Konventsiya kuchga kirishi bilan, u bolalar uchun asosiy ijtimoiy va huquqiy mezonlar, tartib va qoidalar qat'iy belgilangan huquqiy kafolatga aylangan.
Darhaqiqat, bola huquqlari himoyasi kafolati butun dunyoda ta'minlanmoqda, bu borada xalqaro mexanizm vujudga kelgan. Konventsiya mubolag'asiz bola huquqlarini himoya qilishning kafolatlari mustahkamlangan muhim xalqaro huquqiy hujjat bo'lib, ishtirok etuvchi mamlakatlar uning qoidalarini qat'iy bajarishi shartligi belgilangan. Respublikamiz ham mazkur Konventsiyaga O'zbekiston Respublikasi YUqori Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi Qaroriga muvofiq qo'shilgan. Bundan tashqari, Konventsiya qoidalariga ko'ra, O'zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining bola huquqlari bo'yicha Qo'mitasiga Konventsiyaning bajarilishi to'g'risida doimiy ravishda hisobotlar ham taqdim etib turadi. Bola huquqlari sohasida qonunchilikning asosini O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65-moddasiga ko'ra bolalar ota-onalarining kelib chiqishi va fuqarolik holatidan qat'iy nazar qonun oldida tengdirlar. Ayni chog'da mamlakatimiz bolalar manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga doir barcha asosiy xalqaro hujjatlarga qo'shilgan. BMTning Balog'atga etmagan bolalarga nisbatan odil sudlov yuritishga doir minimal standart qoidalari (Pekin qoidalari, 1985 yil) hamda Voyaga etmaganlar o'rtasida jinoyatlarning oldini olish uchun bosh tamoyillari (Ar-Riyod bosh tamoyillari, 1990 yil) shular jumlasidandir. Konventsiya talablariga muvofiq bola huquqlarini mustahkamlagan va ularning himoya kilinish shakllarini takomillashtirgan Fuqarolik va Oila Kodekslarining qabul qilingan. Bola huquqlari to'g'risida konventsiya BMTning bolalikni muhofazalashga qaratilgan bzlsa, unga hamohang ravishda Konventsiya qoida va me'yorlarini yanada kengroq amalga oshirish borasida 2008 yilda «Bola huquqlari kafolatlari to'g'risida»gi qonun qabul qilingan. Konventsiyaning 28-moddasi bolalarning ilm olish huquqiga qaratilgan bo'lib: unda qayd etilganidek, ishtirokchi-davlatlar bolaning ilm olish huquqini e'tirof etadilar hamda ana shu huquq teng imkoniyatlar asosida amalga oshishiga asta-sekin erishish maqsadida ular, jumladan:bepul va majburiy boshlang'ich ta'limni joriy etishi; ham umumiy, ham kasb-hunar bo'yicha o'rta ta'limning turli shakllari rivojlanishini rag'batlantirishi, bunday ta'limdan hamma bolalar bahramand bo'lishlarini ta'minlashi hamda bepul ta'lim joriy etish va zarurat tug'ilgan hollarda moliyaviy yordam ko'rsatish singari zarur chora-tadbirlarni ko'rishi belgilangan. O'zbekistonda bu bolalarning mazkur huquqi hatto karantin davrida ham masaofaviy ta'lim6 Onlayn rejimda ta'minlandi. Prezident maktablari, ijod va Temurbeklar maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan bola tarbiyasi va ilm olish huquqi davlat siyosatining bosh masalasi sifatida hamisha e'tibordaligi diqqatga sazovordir. Mazkur masalaning dolzarbligi haqida : “Maktabgacha ta'lim tizimiga alohida e'tibor qaratayotganimiz bejiz emas, — deb ta'kidlagandi davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev. — YOshlar tarbiyasiga bugundan e'tibor bermasak, ertaga kech bo'lishi mumkin”-degandi.
Yillar o'tgan sayin bola huquqlarini himoya qilishga bo'lgan e'tibor kuchayishi natijasida bugungi kunda bolalar Ombudsmani instituti tashkil etildi. Jumladan, bunday ombudsmanlik instituti Rossiya, Boliviya,Bel`giya, Avstriya, Serbiya, estoniya, Niderlandiya, Tojikiston va boshqa qator mamlakatlarda mavjud. Uning paydo bo'lishi asosan dunyo mamlakatlari Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiyani ratifikatsiya qilishgani bo'lsa, yana bir sabablardan bir jahonda bolalarning ijtimoiy himoyalanmaganligidir. Masalan, Buyuk Britaniyada Bolalar Ombudsmani mustaqil institut bo'lib, Buyuk Britaniyada hech bir davlat organ, hattoki Parlamentga ham bo'ysunmaydi. Bu kabi xalqaro tajriba mamlakatimizda unib o'sib kelayotgan bolalar huquqini himoya qilishda mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida 2019 yil 22 aprel` kuni O'zbekiston Prezidenti SH.Mirziyoev tomonidan “Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi PQ-4296-sonli qarori qabul qilingan hamda unga ko'ra O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman)ga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) to'g'risida»gi Qonuni muhim qadam bo'ldi. Bolalar Ombudsmani avvalo bolalar huquqlari himoyasining parlament nazoratini ta'minlaydi. Voyaga etmaganlarning yashash sharoitlari o'rganib, bolalarning individual shikoyatlari bo'yicha surishtiruv olib boradi, hamda mamlakatdagi mavjud bola huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar faoliyati bilan hamohang mazkur kamchiliklarni bartaraf etishga yordam beradi. e'tiborli tomoni bolalar Ombudsmani parlamentga doimo hisobot berib, O'zbekistonda davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan bolalarning huquqlarini himoyasi qanday amalga oshirilayotganini nazorat qilib boradi. 2019 yil 29 mayda qabul qilingan "Ixtisoslashtirilgan o'quv-tarbiya muassasalari faoliyatini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi qaror ana shu dolzarb vazifalar ijrosiga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.
Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya talablari hamda O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida mustahkamlangan tegishli normalarga tayangan holda aytish mumkinki, bugungi O'zbekiston bolalari yangilanayotgan O'zbekistonning baxtiyor farzandlaridir. CHunki ularning barcha huquq va erkinliklarining huquqiy kafolati mavjud bo'lib, har bir bolaga davlat tomonidan alohida g'amxo'rlik va e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, ota-ona qaramog'isiz qolgan bolalarga munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi o'zlari yashab turgan turar joylarni ular Mehribonlik uylari oila muhittiga mos ravishda ta'minlanmoqda, vasiylik yoki homiylik organining roziligiga ko'ra vasiylikka yoki homiylikka oluvchi bilan birga yashayotgan butun vaqt mobaynida, o'n sakkiz yoshga to'lgunga qadar ana shunday sharoitda tarbiyalanish huquqiga ega bo'lishgani tahsinga sazovrdir.
Zero, bolalarni himoya qilish kuni bayramining maqsadi keng jamoatchilik diqqatini barcha o'sib kelayotgan bolajonlarga ayniqsa, muammoli bolalarga, ularning huquqlarini himoya qilishga, himoyalangan dunyoda yashash imkoniyatlariga, baxtli bolalikka ega bo'lishlariga va o'z mamlakatining to'la-to'kis va xotirjam fuqarosi bo'lib o'sishlariga ishonch uyg'otishdir.
Feruza Muxitdinova,
TDYUU professori