Masalan, faktoringdan eng koʻp foydalanuvchi ham elektrotexnika korxonalari. Yil yakunigacha sohaga kamida 30 million dollarlik faktoring uchun resurs jalb qilinadi.

Hozirda tashqi qarz hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalarda chetdan kirayotgan tovarlar bojxona boji va QQSdan ozod qilingan. Lekin bu loyihalarda qatnashayotgan oʻzimizning korxonalar QQS toʻlayotgani oqibatida import tovarlar bilan narx boʻyicha raqobat qila olmagani uchun bunday loyihalardagi ishtiroki cheklangani koʻrsatib oʻtildi.

Endilikda xalqaro moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarga yetkazib berilgan tovarlar uchun mahalliy ishlab chiqaruvchilarga qoʻshilgan qiymat soligʻi qaytarib berilishi belgilandi.

Tarmoq korxonalariga yagona talab – sifat, tannarx va raqobat. Buning uchun ishlab chiqarishga xalqaro standartlar joriy qilinishi va sertifikat mavjud boʻlishi zarurligi taʼkidlandi.