Yangi Oʻzbekiston Universiteti yoʻnalishlari va qabul kvotasi:

Mexanika muhandisligi (100 oʻrin)

Kimyo muhandisligi (100 oʻrin)

Dasturiy taʼminot muhandisligi (100 oʻrin)

Talabgorlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi: pasport nusxasi (doimiy propiska sahifasi bilan);umumiy oʻrta taʼlim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat; ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95) Oxirgi uch oy ichida olingan fotosuratning elektron varianti.

Eslatib oʻtamiz, Yangi Oʻzbekiston universitetiga qabul joriy yilning 15-avgust kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.