Surxondaryoda yo‘lga qo‘yilgan kichik klaster loyihasining maqsadi tol va qamishdan turli xil hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

Klasterlarga «Ayollar daftari»ga kirgan ishsiz xotin-qizlar jalb etilgan.

Boshlang‘ich bosqichda 30 nafar ayolga hunar o‘rgatiladi. Keyinchalik ular o‘z tumanidagi 10 nafardan 40 nafargacha ayollarga hunar o‘rgatadi.

Natijada, 1 000 nafardan ortiq surxondaryolik ayollar bandligi ta’minlanadi.

Hozircha, savat to‘qish uchun ishlatiladigan tol Angliya davlatidan olib kelinadi. Keyingi yildan xom ashyo o‘zimizda yetishtiriladi. Buning uchun yer maydonlari ajratilgan.

Tayyor mahsulotni sotish uchun bozorlar ham o‘rganilgan. Tayyor mahsulotlarni ichki bozorga, shuningdek, Rossiya, Xitoy va qo‘shni davlatlarga eksport qilish imkoniyatlari o‘rganib chiqilgan, deb xabar beradi Surxondaryo viloyat hokimligi matbuot xizmati.