1-avgustdan boshlab toʻy va marosimlarni 50 kishidan koʻp boʻlmagan holda oʻtkazish belgilandi

    Xavfsizlik 6 Iyul 2021 2009

    Respublika maxsus komissiyasi tomonidan masʼul tashkilotlarning tegishli takliflari inobatga olinib, joriy yilning 1-avgustidan boshlab toʻyxonalarda oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish 50 kishidan koʻp boʻlmagan (yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatʼiy rioya etgan holda oʻtkazishga ruxsat berildi.

    Eslatib oʻtamiz, shu yilning 1-aprelidan toʻyxonalarda oilaviy tantana, toʻy, maʼraka va marosimlarni oʻtkazish 100 kishidan koʻp boʻlmagan hamda sanitariya va gigiyena talablariga qatiy rioya etgan holda oʻtkazilishi belgilangan edi.