1-dekabrdan issiqlik taʼminoti tariflari oshadi

    Veolia Energy Tashkent kompaniyasi 1-dekabrdan byudjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun issiqlik taʼminoti narxlarining oshishi kuchga kirishini maʼlum qildi.

    Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 8-noyabrdagi qaroriga koʻra, issiqlik energiyasi va issiq suv taʼminoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar (tariflar) 1 Gkal energiya uchun 664 465 soʻm etib belgilanishi maʼqullangan edi (amaldagi tarif 397 212 soʻm/Gkal).

    Tadbirkorlar va aholi uchun tariflar:

    aholi uchun tarif oʻzgarishsiz qoladi va u 1 Gkal uchun 91 960 soʻmni tashkil etadi;

    yuridik shaxslar uchun 1,5 baravarga — 1 Gkal uchun 141 737 soʻmdan 212 606 soʻmgacha oshadi;

    byudjet tashkilotlari uchun 1,6 baravarga — 1 Gkal uchun 502 067 soʻmdan 801 963 soʻmgacha oshadi.

    Taʼkidlanishicha, tariflar oʻrtasidagi farq Toshkent byudjetidan (baʼzan respublika byudjetidan) subsidiyalar hisobidan qoplanadi, yaʼni narxlar koʻtarilishi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga, shu jumladan, bilvosita — ularning soliqlari hisobiga taʼsir qiladi.

    2023-yilda issiqlik taʼminoti korxonalarining yoʻqotishlarini qoplash uchun davlat byudjetidan 1,8 trillion soʻm, 2024-yilda esa 4,5 trillion soʻm ajratilishi rejalashtirilgan. Issiqlik taʼminoti tarmogʻi va jamoat transporti uchun toʻlovlar miqdorining keskin oshishini 1-oktyabrdan gaz va elektr energiyasi narxi oshgani, shu sababli issiqlik elektr stansiyalari va avtobuslar yoqilgʻini oshirilgan narxlarda xarid qilayotgani bilan izohlash mumkin.