O‘zbekiston yoshlari umumjahon assosiasiyasining Koreyadagi vakilligi Keumseong Advokaturasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

    Endilikda Koreyadagi vatandoshlarimiz uchun qonuniy muammolarga yechim topish yanada osonlashdi.

    Assosiasiyaning Koreyadagi vakilligi hamda Keumseong Advokaturasi o‘rtasida imzolangan 5 yillik kelishuv memorandumi Koreyada mehnat qilayotgan, ta’lim olayotgan hamyurtlarimiz uchun huquqiy himoya vazifasini o‘taydi.

    Advokatura sud ishlari, immigrasiya masalalari, davlat sug‘urta masalalari, tijoriy shartnomalar va bir qator yuridik masalalar bo‘yicha o‘z maslahatlari, amaliy yordamini taklif qildi.