1-fevraldan nimalar oʻzgaradi

    Mamlakatimizda 30 Yanvar 2023 1723

    Advokatlik orderlari elektronlashtiriladi.

    Advokatlik tuzilmalari tomonidan advokatlarga muayyan ishni olib borish uchun beriladigan anʼanaviy shakldagi order maqomiga teng boʻlgan maxsus QR-kod qoʻyilgan “Elektron advokatlik orderi” beriladi. Shuningdek:

    - ushbu order haqidagi maʼlumotni “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritish majburiy hisoblanadi;

    - advokat soʻrovi shakliga qoʻyilgan talablar, shu jumladan, unga orderning koʻchirma nusxasini ilova qilish, orderni qayd etish daftarini yuritish talablari bekor qilinadi.

    Ayrim tadbirkorlik subyektlari Savdo-sanoat palatasining aʼzolik badallaridan ozod qilinadi.

    Mikro, kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlari Palata aʼzoligiga, aʼzolik va kirish badallaridan ozod qilingan holda, tekin qabul qilinadi hamda qonunda nazarda tutilgan aʼzolik bilan bogʻliq Palata xizmatlaridan toʻlaqonli foydalanish huquqiga ega, Palata tomonidan koʻrsatilishi mumkin boʻlgan qoʻshimcha pullik xizmatlar bundan mustasno.

    Qimmatbaho metallarni sotuvchi YATTlarga bank kafolati taqdim etiladi.

    Qimmatbaho metallarni tovar-xomashyo birjasi orqali kechiktirib toʻlash sharti bilan sotganda:

    - sotib olingan qimmatbaho metallar uchun toʻlov majburiyatlarini «Oʻzmilliybank» AJning kafolati bilan bir qatorda boshqa banklarning kafolatlari hamda tegishli tashkilotning kafilligi bilan ham taʼminlashga;

    - bank kafolatini zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YATTlarga ham berishga;

    - toʻlov majburiyatlarini taʼminlash maqsadida beriladigan bank kafolati boʻyicha xizmat haqini taraflarning kelishuviga asosan qatʼiy miqdordagi summada belgilashga ruxsat etiladi deb xabar beradi “Norma”.