“Hozirgi vaqtda hayotda erishgan natijalaringizda maktabingizdagi ustozlaringizning oʻrni beqiyos. 1-oktyabr “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” arafasida ulardan xabar olinsa, koʻngillari togʻdek koʻtariladi. Bahonada sinfdoshlar bilan oʻquvchilik davridagi xotiralarni eslashga yana bir bor imkoniyat yaratiladi”, deb yozadi vazir ijtimoiy tarmoqdagi oʻz sahifasida.
Shuningdek, Sh.Shermatov bu xayrli amalni davom ettirib buni oʻziga xos chellenjga aylantirish tashabbusini ham ilgari surdi. Bunda har kim ustozlari bilan tushgan video va fotolavhalarni #ustozingdan_xabar_ol xeshtegi bilan tarqatishi mumkin. Chellenjga qoʻshiling!