Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning yanvar oktyabr oylarida qariyb 6,5 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Joriy yilning yanvar oktyabr oylarida Oʻzbekiston Respublikasiga turistik maqsadlarda kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
— Tojikiston – 1 878,5 ming nafar;
— Qirgʻiz Respublikasi – 1 870,3 ming nafar;
— Qozogʻiston – 1 267,5 ming nafar;
— Rossiya – 686,7 ming nafar;
— Turkmaniston – 145,0 ming nafar;
— Turkiya – 95,7 ming nafar;
— Xitoy – 57,7 ming nafar;
— Hindiston – 55,9 ming nafar;
— Janubiy Koreya – 36,5 ming nafar;
— Italiya – 36,3 ming nafar; boshqa davlatlardan – 366,6 ming nafar chet el fuqarolari Oʻzbekistonga turistik maqsadlarda kelgan.