Joriy yil 26-avgust kuni, Denov tumani IIB Jinoyat qidiruv boʻlimi, viloyat DXX va bojxona xodimlari tomonidan tumanning Namozgoh mahallasi hududida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbir davomida tumanning Oʻrikzor mahallasida yashovchi, I.Farhod mijozga 11 dona sellofan paketlarga joylangan 90,11 gramm opiy giyohvand moddasini 30 million soʻmga sotayotgan vaqtda ushlab olingan
Shu yilning 28-avgust kuni I.Farhodga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.