Fargʻona tumani Konchilar mahalla hududida yashovchi fuqaro D.J IIBga murojaat qilib, 15-dekabr kunidan 16-dekabr kuniga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxs A.R.ning yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadoni molxonasida boʻlgan narxi 10.000.000 soʻmlik 25 dona 100 metrlik oʻlchamdagi trubalarini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni D.J sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.