Onasi tomonidan uch marta ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgani murojaatchi bolaning soʻzlariga koʻra, bir kuni onasi bilan karta oʻynaganida karta tushib ketgani uchun onasi pichoq bilan koʻkrak qafasiga urgani, tanasida pichoq oʻrni shiram boʻlib qolgan.
Shuningdek, 11 yoshli bolakay maktabga bora olmasligi, oʻqishni bilmasligi, buvisi bilan yashashni xohlashini, onasi doimiy ravishda aroq ichishini unga yaxshi munosabatda boʻlmasligini maʼlum qildi.
Joriy yilning 16-iyun kuni holatni joyiga chiqib oʻrganish uchun Bola huquqlari boʻyicha vakil A.Yunusova, Bola huquqlarini taʼminlash sektori vakili hamda mahalla xotin-qizlar faoli bolaning onasi F.R.ning xonadoniga borildi. F.R.ning oʻzini odobsizlarcha tutib, xonadon eshigini ochmasdan, barchani haqoratlab, ketishlarini talab qilgan.
Holat yuzasidan tezkorlik bilan hamkor tashkilotlar, jumladan, ichki ishlar organlari xodimlari bilan ishlar olib borildi. Shu kuni F.R.ning spirtli ichimliklar taʼsirida boʻlganligi va bu holat koʻpdan beri davom etib kelayotganligi, uyining sanitariya holati qoniqarli emasligi va qaramogʻida boʻlgan bolalari gʻamxoʻrliksiz va qarovsiz qolganligi aniqlandi.
F.R. davolanish uchun tibbiy muassasaga joylashtirildi. Bolalar onasi davolanib oilasiga qaytguncha Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirildi. Bolalarga huquqiy, tibbiy va ijtimoiy yordam koʻrsatilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, davlat bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini taʼminlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zoʻravonlikning barcha shakllaridan, shu jumladan jismoniy, ruhiy va jinsiy zoʻravonlikdan, qiynoqlarga solishdan yoki shafqatsiz, qoʻpol yoxud inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa shakldagi muomaladan, shahvoniy shilqimliklardan, huquqbuzarliklar va gʻayriijtimoiy harakatlar sodir etishga jalb etilishidan himoya qiladi, deb xabar beradi Ombudsman matbuot xizmati.