Qayd etilishicha, bu — oliy darajadagi ruhoniylar, yaʼni kardinallar yigʻilishi boʻlib, ular yashirin ovoz berish orqali yangi pontifikni tanlaydi.
Konklav jarayoni toʻliq maxfiylikda oʻtadi. Kardinallar qasamyod qilib, ovoz berishda ishtirok etadi. Agar ovoz berish natijasida Papa saylanmasa, Sistina kapellasi moʻrisidan qora tutun chiqadi. Agar saylansa, oq tutun koʻtariladi va Vatikan qoʻngʻiroqlari yangraydi — dunyo yangi Rim Papasini tan oladi.