Qayd etilishicha, Raqobat qoʻmitasining “FAIR TECH” yagona axborot tizimi orqali respublikamizning hududlari kesimida farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan referent narxlarning oshirilishi yuzasidan oʻtkazilgan monitoringda 1300 ga yaqin dorixonalarda qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Jumladan,
— Qoraqalpogʻiston Respublikasida 88 ta dorixona (38 ta ulgurji va 50 ta chakana);
— Andijon viloyatida 49 ta dorixona (44 ta ulgurji va 5 ta chakana);
— Buxoro viloyatida 50 ta dorixona (7 ta ulgurji va 43 ta chakana);
— Jizzax viloyatida 106 ta dorixona (25 ta ulgurji va 81 ta chakana);
— Qashqadaryo viloyatida 43 ta dorixona (9 ta ulgurji va 34 ta chakana);
— Navoiy viloyatida 118 ta dorixona (30 ta ulgurji va 88 ta chakana);
— Namangan viloyatida 119 ta dorixona (65 ta ulgurji va 54 ta chakana);
— Samarqand viloyatida 182 ta dorixona (72 ta ulgurji va 110 ta chakana);
— Surxandaryo viloyatida 18 ta dorixona (17 ta ulgurji va 1 ta chakana);
— Sirdaryo viloyatida 65 ta dorixona (15 ta ulgurji va 50 ta chakana);
— Toshkent viloyatida 134 ta dorixona (20 ta ulgurji va 114 ta chakana);
— Fargʻona viloyatida 36 ta dorixona (13 ta ulgurji va 23 ta chakana);
— Xorazm viloyatida 36 ta dorixona (18 ta ulgurji va 18 ta chakana);
— Toshkent shahrida 228 ta dorixona (80 ta ulgurji va 141 ta chakana).
Yuqoridagi hududlarda olib borilgan oʻrganishlar natijasida 270 ming ta holatda jami 11,6 mlrd. soʻm miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlanib, ortiqcha olingan pul mablagʻlarini isteʼmolchilarga qaytarish choralari koʻrildi.
Raqobat qoʻmitasi dorixonalarni narxlarni asossiz oshirmaslikka va isteʼmolchilardan ortiqcha mablagʻlarni olmaslikka chaqirib qoladi, — deyiladi xabarda.








