Hozirga qadar 4 ta - Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari   A-level imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz sifatida tan olingan edi. 

Endilikda qolgan 10 ta Prezident maktabi ham Cambridge Assessment International Education  akkreditasiyasidan muvaffaqiyatli o‘tdi va A/AS, IGCSE  imtihonlarini o‘tkazuvchi rasmiy markaz maqomiga ega bo‘ldi.

4 ta Prezident maktabi tomonidan  A-level imtihonlari may-iyun oyida o‘tkazilgan bo‘lib, natijalar avgust oyining 3-haftasida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun,   A-level  imtihonlari butun dunyodagi 1700dan ortiq universitetlar tomonidan tan olingan.