Global beqarorlik va moliya bozorlaridagi noaniqliklarga qaramay, Prezidentimiz rahbarligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar xalqaro maydonda yuksak e’tirof etilmoqda.
«Ushbu o‘zgarishlarni xalqaro hamkorlarimiz e’tirof etayotgani biz uchun alohida ahamiyatga ega.“Fitch” xalqaro reyting agentligi O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini «barqaror»dan «ijobiy»ga yaxshiladi.Bu xalqaro investorlar tomonidan mamlakatimizga bildirilgan yuksak ishonch belgisidir. Mamlakatimizning suveren kredit reytingini oshirish bo‘yicha ishchi guruh rahbari sifatida alohida ta’kidlamoqchimanki, biz hamkorlarimiz bilan faol aloqalarni davom ettiramiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Mazkur qaror O‘zbekiston iqtisodiyotining barqarorligi, olib borilayotgan islohotlarning natijadorligi va mamlakatimizning investitsiyaviy jozibadorligi tobora ortib borayotganining yana bir xalqaro e’tirofi bo‘ldi.