Bugun Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari Gulnora Marufova Toshkent viloyati Qibray tumanidagi “Maʼrifat” va “Doʻstlik” mahallalarida istiqomat qilayotgan N.Sidirova hamda N.Iraliyevalarning xonadoniga tashrif buyurdi hamda ular holidan xabar oldi.
Taʼkidlash kerakki, bu ikki nuroniy onaxon yosh boʻlishiga qaramay ikkinchi jahon urushida ishtirok etib, kattalar bilan bir safda mardonavor kurash olib borgan xalqimizning chinakam faxrlaridir.
Samimiy kechgan suhbat davomida urush faxriylari oʻz boshidan oʻtgan qiyin kunlar haqida soʻzlab berdi:
— Urushga ketganimda 15 yoshda edim. Kattalar bilan bir safda jarohatlangan harbiy xizmatchilarga yordam koʻrsatganmiz, — deydi N.Sidirova.
Uchrashuv davomida hozirgi tinch va osuda hayotimiz uchun oʻz jonini ayamagan vatandoshlarimiz xususida iliq fikrlar bildirildi hamda ularga esdalik sovgʻalari topshirildi.