Bu haqida «Oʻzbekneftgaz» AJ maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur konda «Oʻzneftgaz burgʻilash ishlari» MChJ tomonidan olib borilgan burgʻilash ishlari murakkab geologik sharoitlarga qaramay, muvaffaqiyatli yakunlandi.
«Oʻzbekgeofizika» MChJ tomonidan oʻtkazilgan sinovlar natijasida 4 588–4 708 metr chuqurlik oraligʻidagi istiqbolli qatlamlardan yuqori bosim ostida tabiiy gaz oqimi olindi.
Ayni paytda yangi gazni isteʼmolchilarga yetkazib berish uchun yer usti sanoat maydonchalarini texnologik jihozlash, gaz uzatish quvurlari va tarmoqlarini qurish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, quduqni ishga tushirishdan oldingi yakuniy gidrodinamik tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.