1697 nafar pedagog Vazir jamgʻarmasidan toʻlanadigan ustama olish huquqiga ega boʻldi

    Mazkur oʻqituvchilar endilikda 9 oy davomida (2023-yil aprel - dekabr oylari) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln soʻm) har oylik ustama oladi.

    Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Vazir jamgʻarmasidan har oylik ustama toʻlanadigan malakali pedagoglarni saralash jarayonlari boʻlib oʻtdi.

    Taʼkidlanishicha, bir necha bosqichda oʻtkazilgan sinovlarda “Boshlangʻich taʼlim”, “Aniq va tabiiy fanlar”, “Xorijiy tillar”, “Ijtimoiy fanlar” va “Amaliy fanlar” yoʻnalishlarida nomzodlarning dars beradigan umumtaʼlim fani boʻyicha bilim darajasi baholab borildi.

    Yakuniy natijalarga koʻra, Hududiy kengashlar tomonidan taqdim etilgan 5000 dan ortiq nomzoddan 1697 nafari Vazir jamgʻarmasidan toʻlanadigan ustama olish huquqiga ega boʻldi.

    Mazkur oʻqituvchilar endilikda 9 oy davomida (2023-yil aprel - dekabr oylari) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida (5 mln soʻm) har oylik ustama oladi.