Mazkur yirik gidroenergetika forumi va koʻrgazmasi Yevropa, Lotin Amerekasi, Buyuk Britaniya, Eron, Gruziya va MDH davlatlari hamkorligida energetika sohasini rivojlantirish hamda xalqaro yirik tadbirlar, forum va koʻrgazmalarni oʻtkazishda yetakchi hisoblangan xalqaro “Vostock Capital” tashkiloti tomonidan har yili anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinadi.
Oʻtgan yillarda mazkur yirik kongress Qirgʻiziston, Gruziya hamda Rossiya Federatsiyalarida tashkil etilgan. Joriy yil oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan yirik tadbir “Vostock Capital” hamda “Oʻzbekgidroenergo” AJ hamkorligida tashkil etilmoqda.
Forumdan oʻrin olgan asosiy maʼruzalar mamakatimizda gidroenergetika sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, joriy va kutilayotgan istiqbollarga bagʻishlanishi kutilmoqda.
Kongress doirasida asosiy 30 ta maʼruza oʻrin olgan boʻlib, soha mutaxassislari ishtirokida bir qator davra suhbatlari, seminarlar, brifinglar tashkil etiladi.