Bugun, 18-dekabr kuni kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunning ikkinchi yarmida havo 8-13o iliqqacha isiydi.
Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlariga nam havo kirib kelishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.
Ertaga 19-dekabr kuni nam va nisbatan sovuq havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Respublikaning ko‘pchilik hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida faqat kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Respublika janubida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
20-22-dekabr kunlari respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 20-dekabr, chorshanba kuni respublikaning ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarida asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi saqlanib turadi.
19-21-dekabr kunlari davrida havo harorati kechalari 0-5o sovuqqacha, shimolda 5-10o sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7o iliqqacha pasayadi, bu ushbu davr uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 2-3o ga pastdir.
22-dekabrdan harorat ko‘tarila boshlaydi, kunduz kunlari havo 7-9o iliqqacha isiydi. Havoning isishi keyingi dam olish kunlarida ham davom etadi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. 18-19 dekabr kunlari ayrim joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtimizda: bugun yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 9-11o iliq bo‘ladi.
Ertaga 19-dekabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 1-3o iliq, kunduzi 3-5o iliq bo‘ladi.
20-22-dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Harorat kechalari asosan 2o sovuq-1o iliq, kunduzi 20 dekabrda 3-5o iliq bo‘ladi, 21-22 dekabrda 7-9o iliqqacha asta-sekin ko‘tariladi.