Shuningdek, 20-yanvar kuni birja savdolariga jami 5000 tonna AI-80 avtobenzin (Buxoro NQIZ 4000 tonna, “Sanoat Energetika Guruhi” MCHJ XK 1000 tonna) birja savdolariga qoʻyildi.

Isteʼmolchilar tomonidan xarid qilingan miqdorlarni neft bazalar tomonidan oʻz vaqtida yetkazib berish uchun Buxoro NQIZ tomonidan AI-80 rusumli avtobenzinni uzluksiz yuklab berish nazoratga olingan.

Joriy oy davomida neft bazalarga jami 57689 tonna, jumladan 19-yanvar kuni 2800 tonna Ai-80 rusumli avtobenzin yuklab berildi.

Joriy yilning 19-yanvar kuni Jamiyat tasarrufdagi neft bazalari orqali isteʼmolchilarga jami 5306 tonna AI-80 avtobenzin tarqatildi.

Jumladan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 328 tonna, Toshkent shahri va viloyatida 1940 tonna, Andijonda 201 tonna, Buxoroda 235 tonna, Jizzaxda 225 tonna, Qashqadaryoda 330 tonna, Navoiyda 366 tonna, Namanganda 330 tonna, Samarqandda 278 tonna, Surxondaryoda 240 tonna, Sirdaryoda 275 tonna, Fargʻonada 241 tonna va Xorazm viloyatida 317 tonna.

2023-yil 20-yanvar holatiga jamiyat tasarrufidagi neft bazalar va neftni qayta ishlash zavodlarida 23,3 ming tonna qoldiqlari mavjud.

Neftni qayta ishlash zavodlarida 80,9 ming tonna xom-ashyo zaxirasi yaratilgan, jumladan Buxoro zavodida 63,2 ming tonna va Fargʻona zavodida 17,7 ming tonna.

“Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati