Sport tadbiri soat 9:00da Toshkent tibbiyot akademiyasidan boshlanadi va 11:00gacha davom etadi. Finish nuqtasi Toshkent davlat texnika universiteti.

Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Taʼkidlanishicha, marafon davrida Olmazor tumanidagi bir necha koʻchalar vaqtincha yopiladi:

- H. Azimov koʻchasidan Shifokorlar 1, 2, 3 koʻchasigacha;
- Shifokorlar 1, 2, 3 koʻchasidan Mirzo Gʻolib koʻchasigacha;
- Mirzo Gʻolib koʻchasidan Muxbir koʻchasigacha;
- Muxbir koʻchasidan Universitet koʻchasigacha.

Noqulayliklar uchun uzr soʻraldi.