Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi hamda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamkorligida jahon internet tarmogʻida oʻzbek tilidagi sifatli maʼlumotlarni koʻpaytirish va iqtidorli talabalarni munosib ragʻbatlantirish maqsadida Wiki-ctipendiya marafoni yoʻlga qoʻyildi.

Marafon 2022-yilning 20-may kuni soat 00:00 (GMT+5) dan 20-dekabr 00:00 (GMT+5) ga qadar davom etadi. Unda eng faol qatnashgan ishtirokchilar quyida koʻrsatilgan qiymatdagi bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi:

 50 000 000 soʻm;

40 000 000 soʻm;

30 000 000 soʻm;

kuchli beshtalik 20 000 000 soʻm;

kuchli oʻntalik 10 000 000 soʻm.