Bu haqda Prezidentning “Pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisida”gi Farmoni (PF-162-son, 10.09.2025-y.) qabul qilindi.
Farmonda belgilanishicha, mazkur stipendiya pedagogika yoʻnalishidagi har bir oliy taʼlim tashkilotining bakalavriat yoʻnalishida tahsil olayotgan 1 nafar oxirgi ikki kurs talabasiga tayinlanadi.
Maʼlumot uchun: ushbu stipendiyani tayinlash uchun talablar Prezidentning “Oʻzbekistonning oʻquvchi yoshlarini ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida” 1993-yil 5-fevraldagi PF–555-son Farmonida belgilangan.








