Ushbu marafon “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili« doirasida «Eco-Save Aral-2025”, “Talaba-yugur”, «Oʻquvchi-yugur«, «Inson uchun« shiorlari ostida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish, xalqaro xayriya va ekologik barqarorlikni mustahkamlashga qaratildi.
Ezgu gʻoya atrofida jamiyatning turli qatlamlarini birlashtirgan marafonda davlat xizmatchilari, oliy taʼlim muassasalari talabalari, umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari, harbiylar, bojxona xodimlari, imkoniyati cheklangan shaxslar hamda turli yoshdagi fuqarolar ishtirok etmoqda.
Tadbirda 5000 nafardan ortiq ishtirokchi sogʻlom hayot sari faol qadam tashlayapti.
Marafon yakunida gʻolib va sovrindorlar taqdirlanadi.








