Kecha, 18-noyabr kuni soat taxminan 22:30 da haydovchi A.I. boshqaruvida boʻlgan “GOLDEN DRAGON” rusumli avtobus avtomashinasi 20 nafar yoʻlovchi bilan Oqdaryo tumani Paxtaobod mahallasi, Mustaqillik qishlogʻi hududidan oʻtuvchi “Samarqand-Buxoro” M-37 avtomobil yoʻlining 13-kilometrida boshqarib kelayotgan vaqtida, asfalt qismi sirpanchiq boʻlganligi bois haydovchi avtomashina boshqaruvini yoʻqotib, yoʻlning oʻng tomon chetki qismidagi pastlikka agʻdarilib ketishi oqibatida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgan.

Yoʻl-transport hodisasi tufayli avtobusda yoʻlovchi sifatida kelayotgan fuqarolar A.B. va F.R.lar turli darajadagi tan jarohatlari olib, Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Hodisa sodir boʻlgan joyga tezkor-tergov guruhi aʼzolari chiqqan va hozirda mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.