«2020-yilda pandemiya munosabati bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga odatdagidan koʻra 2-3 barobar koʻproq masʼuliyat yuklandi. Turli korxonalar faoliyatini tugatishga majbur boʻldi va buning ortidan fuqarolar ishsiz qoldi.
Oʻtgan yilda Bandlikka koʻmaklashish markazlariga 1 million 96 ming nafar fuqaro murojaat qildi. Ularning 362 ming nafariga ishga joylashish boʻyicha koʻmak berildi, 521 ming nafari vaqtinchalik haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb qilindi, 36 ming nafar fuqarolarga dehqonchilik qilishi uchun subsidiyalar ajratildi, 12 ming nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun subsidiya berildi».