2025-yilda Oʻzbekistonda yoshlar ishsizligiga barham berish ishlari yangi bosqichga koʻtarilishi taʼkidlandi.
Rahbarlar yoshlar ishsizligining salbiy oqibatlaridan, oʻz vaqtida band boʻlmagan yoshlar bilib-bilmay nomaqbul ishlarga qoʻl urishi, diniy radikalizm taʼsiriga tushib qolishi, jinoyat koʻchasiga kirishi mumkinligidan ogohlantirildi.
Yunusobod, Asaka, Sharof Rashidov, Chiroqchi, Pastdargʻom tumanlari, Olmaliq va Buxoro shaharlarida bu boradagi ishlar qoniqarsizligi koʻrsatib oʻtildi.
Yoshlarni kasb va tilga oʻqitib, yuqori daromadli ishlarga joylashtirish maqsadida bu yil bandlik boʻyicha katta dastur qabul qilindi. Buning uchun jami 126 trillion soʻm yoʻnaltirilmoqda.
Unga koʻra, mahallalarda 378 mingta mikroloyiha amalga oshiriladi, mahalla bankirlari yangi kredit mahsulotlari hisobiga 250 ming nafar odamni daromadli qiladi.