«Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining hududlarda 13 ta filiali, 179 ta aholi punktida subfiliallari — shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlari faoliyat olib bormoqda.

Shoshilinch tibbiy yordam tizimi sogʻliqni saqlash sohasidagi eng yirik va oʻta kuchli ijtimoiy ahamiyatga ega tuzilma hisoblanadi. Birgina 2020-yilda ushbu tizim muassasalariga jami 14,5 milliondan ziyod bemorlar murojaat qilgan boʻlib, shulardan 11 millionga yaqini tez tibbiy yordam “103” xizmati boʻyicha va 3,5 millionga yaqini statsionar tuzilmalarga murojaat qilishgan.

2021-yilning 5 oyi mobaynida umumiy murojaatlar soni 4 milliondan ortiqni tashkil etdi, 1,1 milliondan ziyod bemorlarga statsionar muassasalarda yordam koʻrsatildi».