2020-yilda Toshkentda yuzdan ortiq koʻp qavatli binolar noqonuniy qurilgan

    Urbanizatsiya 28 Yanvar 2021 1465

    Bu haqda Toshkent shahri bosh arxitektori Nuriddin Sagatov AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi.

    Toshkent shahrida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida koʻp kvartirali uy-joylar qurish holatlari ortib bormoqda. Oqibatda qurilgan koʻp kvartirali uylardagi muhandislik kommunikatsiyalari tizimiga salbiy taʼsir oʻtkazib, ayrimlarini quvvati yetmay, ayrimlari esa turli xil avariya holatlari kelib chiqmoqda.

    2020-yilda xatlov oʻtkazilganda 100 dan ortiq yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida yakka tartibda uy-joy qurmasdan uch va undan ortiq qavatli (koʻp kvartirali) uy-joylar qurilgani aniqlangan. Buning oqibatida, shu uylar atrofidagi aholining noroziligi, kommunal sohadagi muammolar ortib bormoqda.

    Yangi tahrirdagi Shaharsozlik kodeksida yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarda ikki va undan ortiq boʻlgan koʻp kvartirali uylarni qurish taqiqlandi.