баннер
18 Mar 2025
21:52

    Toshkentda lift ichida odamlar bilan tushib ketdi

    Voqea joyiga liftga xizmat koʻrsatuvchi tashkilot vakillari yetib kelib, aholini 4-5 daqiqa ichida chiqarib olishga muvaffaq boʻlgan.

    Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Yashnobod tumani Nurmuhammedov dahasi 12-uy liftining uzilib tushib ketgani haqida videotasvir tarqaldi.

    Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, liftning toʻxtash qavatiga kelganda sekinlashtirish funksiyasini amalga oshiruvchi datchik nosozligi tufayli oʻz vaqtida kerakli signal yetib bormagan. Shu bois liftning himoya fuksiyasi ishlab, 2 va 3 qavatlar oraligʻida harakatlanishdan toʻxtagan.

    Koʻp qavatli uyga xizmat koʻrsatuvchi “Ekohudud” va liftlarning ekspluatatsiyasini shartnoma asosida amalga oshirib kelayotgan “Xavfsiz lift” tashkilotining 24/7 dispetcherlik xizmatiga kelib tushgan murojaat tezkorlik bilan bartaraf etilgan. Voqea joyiga liftga xizmat koʻrsatuvchi tashkilot vakillari yetib kelib, aholini 4-5 daqiqa ichida chiqarib olishga muvaffaq boʻlgan.

    Ozoda Joʻrayeva muammoni keltirib chiqarayotgan sabablarni tub mohiyatiga yetish maqsadida Yashnobod tumani hokimi, Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasi vakillari va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan holatni muhokama qildi. Bunda tizimni raqamlashtirish, kuzatuv mexanizmini yanada kuchaytirish lozimligi taʼkidlandi.

    Shuningdek, masʼullarga, lift kabinalarida aloqa kanallarini yaxshilash yuzasidan aniq topshiriqlar belgilanib, mazkur holatlarning oldini olish yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi taʼkidlandi.

    Hozirda lift qurilmasi soz holatga keltirilgan.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech