«Bu koʻrsatkich 2019-yilgidan 6,3 foizga kam. Yaʼni 2019-yilda yoʻl-transport hodisalari oqibatida halok boʻlganlar soni 2094 nafarni tashkil etgan edi.

Vazirlik tashabbusi bilan maktab oʻquvchilariga “Yoʻl harakati qoidalari”ni oʻrgatish uchun “Harakat xavfsizligi sinfxonalari” hamda “Yoʻl harakatini oʻrganish maydonchalari” tashkil etildi.

Yana bir qulaylik: “Maʼmuriy amaliyot” KAAT hamda dyhxx.uz sayti orqali vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilgan transport vositasini masofadan turib olib chiqishning elektron tartibi joriy etildi».