«Toshkent metropoliteni» unitar korxonasi xabariga ko‘ra, ayni paytda ularning sakkiztasi yo‘lovchilarni qabul qilmoqda. 9ta vestibyul texnik sabablariga ko‘ra yopiqligicha qolmoqda.

Yopiq qolayotgan vestibyullar:

  • «Hamid Olimjon» bekati – «NBU» banki tomonidagi vestibyul; 
  • «Amir Temur Xiyoboni» bekati – 50-maktab yonidagi vestibyul;
  • «Mirzo Ulug‘bek» bekati – «Milliy» stadioni tarafidagi vestibyul;
  • «Toshkent» bekati – Bosh pochtampt tomonidagi vestibyul;
  • «Oybek» bekati – Farmatsevtika instituti tomonidagi vestibyul;
  • «Kosmonavtlar» bekati – O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidagi vestibyul;
  • «Abdulla Qodiriy» bekati – Gyote instituti yonidagi vestibyul;
  • «Minor» bekati – Moliya instituti tomonidagi vestibyul;
  • «Mustaqillik maydoni» bekati – «Mustaqillik maydoni» tomonidagi vestibyul.

«Toshkent metropoliteni» 2020 yilning 10 dekabrigacha poytaxt metropoliteni barcha vestibyullarining bosqichma-bosqich ochilishini ma’lum qildi.