Loyihaga ko‘ra, 2021-yilda "Ikki daha" suv inshooti bitkazilib, ishga tushiriladi. Ushbu inshoot sutkasiga 50 ming kub metr suvni tozalaydi. Natijada 88 ta mahalla (267 ming aholi) ilk bor va 5 ta mahalla (25 ming aholi) esa uzluksiz ichimlik suvi bilan taʼminlanadi.
51 mingta suv hisoblagichi o‘rnatilib, tizimda zamonaviy SCADA texnologiyasidan foydalaniladi. 50 ta ijtimoiy va sanoat obyekti suv bilan taʼminlanadi.
Mazkur ishlar natijasida hududda infeksion kasallanishlar kamayadi, sanitar-epidemiologik holat yaxshilanadi, sog‘lom genofond shakllanishiga asos bo‘ladi va aholining turmush sharoiti yanada yaxshilanadi.