Ayni paytda  Moon Mark olti nafar yuqori sinf o'quvchilaridan iborat bo'lgan jamoalardan buyurtmalar qabul qilmoqda. Har bir jamoa zimmasiga o'zining Oy roveri loyihasini yaratish vazifasi qo'yilgan. G'olib 1000 AQSH dollari miqdoridagi sovringa ega bo'ladi. Bu mablag' xayriya maqsadlariga yo'naltiriladi, barpo etilgan roverlar  esa, Oyga jo'natiladi. Barcha  komponentlar Moon Mark tomonidan tanlab olingan va ular –173 do +126 °C.  darajagacha bo'lgan Oy iqlimi sharoitiga bardosh beradi. Ularning og'irligi besh kilogramdan oshmaydi va  kom`pyuterlar yordamida Erdan turib boshqariladi.

Har bir jamoa Moon Mark qo'ygan talablarga amal qilgan holda, ya'ni roveri Oy sharoitida tez sur'atda harakat qilishi inobatga olingan o'z echimini ham taqdim etishi mumkin. Poygani o'tkazishga Erdan teleskop orqali yaxshi ko'rinib turadigan ulkan Vallis SHreteri tog' yoriqlari joylashgan  hudud tanlangan.

Buyurtmalar 22 maygaqadar qabul qilinadi.

                                                                                                                                     Rauf Nurullaev